La Liga. «Barselona» o'z maydonida «Levante»ni magʻlub etib, birinchi oʻringa koʻtarildi
Ispaniya La Ligasining 25-turi doirasida «Barselona» o‘z maydonida «Levante»ni qabul qildi va yakunda 3:0 hisobidagi yirik g‘alabani qoʻlga kiritdi.
O‘yinda hisob 4-daqiqada ochildi. Iqtidorli yarimhimoyachi Mark Bernal raqib darvozasini ishg‘ol qildi. 32-daqiqaga kelib, Frenki de Yong «ko‘k-anorranglilar»ning ustunligini ikkitaga oshirdi. Bahsning yakuniy nuqtasini esa 81-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Fermin Lopes qo‘ydi — 3:0.
Ushbu g‘alabadan so‘ng «Barselona» o‘z ochkolarini 61 taga yetkazib, musobaqa jadvalida peshqadamlikni qo‘lga oldi. «Levante» esa 18 ochko bilan hamon xavfli hududda — 19-pog‘onada bormoqda.
Maʼlumot uchun, «Barselona» oʻzining navbatdagi oʻyinini 28 fevral kuni o‘z uyida «Vilyarreal»ga qarshi o‘tkazadi. «Levante» esa bir kun avval «Alaves» bilan kuch sinashadi.
La Liga. 25-tur
«Barselona» — «Levante» 3:0
Gollar: Bernal (4), De Yong (32), Fermin (81).