La Liga. «Barselona» mavsumni yirik hisobdagi g'alaba bilan boshladi
Photo: Getty Images
Ispaniya chempionatining 1-turida "Mallorka" klubi va "Barselona" klubi o'rtasidagi bahs yakunlandi.
Uchrashuvda hisob 7-daqiqada Rafinia tomonidan ochildi. 23-daqiqada Ferran Torres "ko'k-anorranglilar" ustunligini mustahkamladi. 90+4-daqiqada esa Yamal hisobni yirik ko'rinishga olib keldi.
Ma'lumot uchun, "Mallorka" klubi birinchi bo'limning o'zidayoq maydonda ikki kishi kam bo'lib qoldi.
La Liga. 1-tur
"Mallorka" – "Barselona" 0:3
Gollar: Rafinia (7), Torres (23), Yamal (90+4).
Chetdatishlar: Morlanes (33), Muriki (39).
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist