La Liga. «Barselona» Madridda ochko yo‘qotdi
Фото: Getty Images
Ispaniya chempionatining 3-turida “Barselona” safarda “Rayo Valyekano”ga qarshi maydonga tushdi.
Madrid shahrida kechgan bellashuvda 1:1 hisobi qayd etildi.
O‘yinda dastlab 40-daqiqada Lamin Yamal penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. Javob golini 67-daqiqada Fran Peres kiritdi.
Bu o‘yindan keyin "blaugranalar" yetti ochko bilan La Liga turnir jadvalida to‘rtinchi, to‘rt ochko bilan "asalariylar" 10-o‘rinda bormoqda. Flik jamoasi keyingi tur uchrashuvini 14 sentyabr kuni o‘z maydonida “Valensiya”ga qarshi o‘tkazadi.
La Liga. 3-tur
“Rayo Valyekano” 1:1 “Barselona”
Gollar: Peres 67 - Yamal 40 pen
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist