La Liga. «Barselona» iroda bilan «Atletiko» ustidan g‘alaba qozondi
Ispaniya chempionatining 19-turidan o‘rin olgan "Atletiko"ga qarshi bahsda "Barselona" 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning 19-daqiqasida Madrid jamoasi hujumchisi Alejandro Baena hisobni ochdi. Kataloniyaliklar birinchi bo‘lim o‘rtalarida hisobni tenglashtirishdi – Rafinya o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. 36-daqiqada "ko‘k-anorranglilar" hisobda oldinga chiqib olishlari mumkin edi, biroq Robert Levandovski penaltidan unumli foydalana olmadi. Tanaffusdan so‘ng Dani Olmo mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Ferran Torres yakuniy hisobni o‘rnatdi.
Natiijada "Barselona" ochkolarini 37 taga yetkazib, peshqadamlik qilmoqda. "Atletiko" 31 ochko bilan 4-pog‘onada bormoqda.
La Liga. 19-tur
Barselona - Atletiko - 3:1
Gollar: Baena, 19 (0:1). Rafinya, 26 (1:1). Olmo, 65 (2:1). Torres, 90 (3:1)
Foydalanilmagan penalti: Levandovski, 36’