locale OZ

La Liga. «Barselona» derbida «Espanyol»ni yirik hisobda magʻlub etdi

Uchrashuvda Ferran Torres dubl muallifiga aylandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
La Liga. «Barselona» derbida «Espanyol»ni yirik hisobda magʻlub etdi
FOTO: Getty Images

Ispaniya La Ligasining 31-turi doirasida «Barselona» hamda «Espanyol» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi. Ushbu bahsda mezbonlar 4:1 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuvning 10-daqiqasida «Barselona» hujumchisi Ferran Torres hisobni ochgan bo‘lsa, 25-daqiqaga kelib u dublni rasmiylashtirdi. Mehmonlar yarimhimoyachisi Pol Losano 56-daqiqada oradagi farqni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. O‘yin yakunlanishi arafasida, 87-daqiqada Lamin Yamal gol urgan bo‘lsa, oradan ikki daqiqa o‘tib Markus Reshford mehmonlar darvozasini to‘rtinchi bor ishg‘ol qilib, yakuniy hisobni o‘rnatdi — 4:1.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Barselona» 31 o‘yindan 79 ochko jamlagan holda turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda. «Espanyol» esa 38 ochko bilan 10-pog‘onadan joy olgan.

Navbatdagi turda «Barselona» 25 aprel kuni safarda «Xetafe» mehmoni bo‘ladi, «Espanyol» esa 27 aprel kuni o‘z maydonida «Levante»ni qabul qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting