locale OZ

La Liga. «Barselona» derbida «Espanyol»dan ustun keldi

Flik jamoasi peshqadamlikni mustahkamladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
La Liga. «Barselona» derbida «Espanyol»dan ustun keldi
ФОТО: Getty images

Ispaniya chempionatining 18-turidan o‘rin olgan "Espanyol" – "Barselona" o‘yinida "ko‘k-anorranglilar" 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

86-daqiqada yarim himoyachi Dani Olmo hisobni ochdi. Uchrashuv yakunida hujumchi Robert Levandovski mehmonlarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Ikkala golga ham yarim himoyachi Fermin Lopes golli uzatmani amalga oshirdi.

"Barselona" ochkolarini 49 taga yetkazib, La Liga turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda. "Espanyol" esa 33 ochko bilan 5-pog‘onada bormoqda.

La Liga. 18-tur

Espanyol – Barselona – 0:2

Gollar: Olmo, 86 (0:1). Levandovski, 90 (0:2)

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting