locale OZ

La Liga. «Barselona» Arauxoning goli evaziga safarda «Rayo Valekano»ni magʻlub etdi

Hozirda kataloniyaliklar Ispaniya chempionati turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
La Liga. «Barselona» Arauxoning goli evaziga safarda «Rayo Valekano»ni magʻlub etdi
FOTO: Getty Images

Ispaniya La Ligasining 29-turi doirasida «Barselona» hamda «Rayo Valyekano» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv boʻlib oʻtdi. Ushbu bahsda mezbonlar 1:0 hisobidagi g‘alabani tantana qilishdi.

Uchrashuvdagi yagona gol 24-daqiqada kiritildi — «Barselona» himoyachisi Ronald Arauxo raqib darvozasini ishg‘ol etib, jamoasiga muhim uch ochkoni taqdim etdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Barselona» o‘z ochkolari sonini 73 taga yetkazib, Ispaniya chempionati turnir jadvalida yakka peshqadamlikni davom ettirmoqda. «Rayo Valyekano» esa 32 ochko bilan 14-pog‘onadan joy olgan.

Navbatdagi turda «Rayo Valyekano» 3 aprel kuni o‘z maydonida «Elche»ni qabul qiladi. «Barselona» esa bir kun o‘tib, 4 aprelda safarda Madridning «Atletiko» klubiga qarshi markaziy bahsda maydonga tushadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting