locale OZ

La Liga. «Atletiko» Serlotning dubli evaziga «Atletik»dan ustun keldi

Hozirda madridliklar turnir jadvalida toʻrtinchi oʻrinni egallab turibdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
La Liga. «Atletiko» Serlotning dubli evaziga «Atletik»dan ustun keldi
FOTO: Getty Images

Ispaniya La Ligasining 32-turidan o‘rin olgan Madridning «Atletiko» hamda Bilbaoning «Atletik» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. Gollarga boy bo‘lgan bahsda mezbonlar 3:2 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

O‘yinning 23-daqiqasida mehmonlar himoyachisi Aytor Paredes hisobni ochdi. 49-daqiqaga kelib madridliklar hujumchisi Antuan Grizmann muvozanatni tikladi. Oradan besh daqiqa o‘tib, Aleksandr Serlot mezbonlarni oldinga olib chiqdi, 90+3-daqiqada esa hujumchi dublni rasmiylashtirdi. O‘yinning so‘nggi soniyalarida (90+7-daqiqa) Gorka Guruseta Bilbaoning ikkinchi golini urib, yakuniy hisobni o‘rnatdi — 3:2.

Ispaniya chempionatining 33 ta o‘yinidan so‘ng (jadval 32-tur yakunlariga asoslangan) Madridning «Atletiko» jamoasi 60 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Bilbaoning «Atletik» jamoasi esa 41 ochko bilan to‘qqizinchi pog‘onadan joy olgan.

Navbatdagi turda «Atletiko» safarda «Valensiya» bilan (2 may), «Atletik» esa shu kuni «Alaves» bilan kuch sinashadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting