locale OZ

La Liga. «Atletiko» safarda ochko yo‘qotdi

Diego Simeone shogirdlari ushbu mavsumni muvaffaqiyatsiz o‘tkazmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
La Liga. «Atletiko» safarda ochko yo‘qotdi
ФОТО: Getty images

Ispaniya chempionatining 5-turida “Atletiko” jamoasi safarda “Mallorka”ga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. Bahsni Francisco Xose Ernandes Maeso boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqardi.

Gallager 79-daqiqada “matraschilar”ni hisobda oldinga olib chiqdi. 85-daqiqada Vedat Muriki hisobni tenglashtirdi.

Ushbu natijadan so‘ng “Atletiko” ochkolari sonini 6 taga yetkazib, La Liga turnir jadvalida 12-o‘rinda bormoqda. “Mallorka” esa 2 ochko bilan 19-pog‘onada joylashgan.

La Liga. 5-tur

“Mallorka” 1:1 “Atletiko”

Gollar: Muriki 85 – Gallager 79.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting