locale OZ

La Liga. «Atletiko» markaziy o‘yinda «Vilyarreal»ga qarshi mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

O‘yinda jami 4 ta gol urildi.
La Liga. «Atletiko» markaziy o‘yinda «Vilyarreal»ga qarshi mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
ФОТО: Getty images

Ispaniya La Ligasining 2-turidan o‘rin olgan "Atletiko" va "Vilyarreal" o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Unda 2:2 hisobi qayd etildi.

Uchrashuvdagi birinchi gol 59-daqiqada urildi. "Atletiko" himoyachisi Mark Pubil hisobni ochdi.

66-daqiqada "Vilyarreal" hujumchisi Xerar Moreno penaltini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi — 1:1.

76-daqiqada madridliklar himoyachisi Roben Le Norman qizil kartochka olib, maydondan chetlatildi. Oradan ikki daqiqa o‘tib, mehmonlar yana penalti tepish huquqiga ega bo‘ldi. Jorj Mikautadze imkoniyatdan foydalanib, "Vilyarreal"ni hisobda oldinga olib chiqdi — 2:1.

86-daqiqada Juliano Simeone "Atletiko"ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi va yakuniy hisobni o‘rnatdi — 2:2.

La Liga. 2-tur
Atletiko — Vilyarreal 2:2

Gollar: Pubil (59), Simeone (86) — Moreno (66, penalti), Mikautadze (78, penalti).

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting