locale OZ

La Liga. «Atletiko Madrid» o‘z maydonida «Selta»ga imkoniyatni boy berdi

Hozirda «matraschilar» turnir jadvalida toʻrtinchi oʻrinni egallab turibdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
La Liga. «Atletiko Madrid» o‘z maydonida «Selta»ga imkoniyatni boy berdi
FOTO: Getty Images

Ispaniya La Ligasining 35-turi doirasida Madridning «Atletiko» hamda «Selta» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Sevilyadagi «Ramon Sanches Pisxuan» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda mehmonlar 1:0 hisobidagi g‘alabani tantana qilishdi.

Uchrashuvdagi yagona gol 62-daqiqada «Selta» hujumchisi Borxa Iglesias tomonidan kiritildi.

Ispaniya chempionatining 35 ta o‘yinidan so‘ng, Madridning «Atletiko» jamoasi 63 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. «Selta» esa 50 ochko bilan oltinchi pog‘onadan joy olgan.

Chempionatning navbatdagi turida, 12 may kuni «Selta» o‘z maydonida «Levante»ni qabul qiladi, «Atletiko» esa shu kuni safarda «Osasuna» mehmoni bo‘ladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting