locale OZ

La Liga. «Atletiko» kutilmaganda «Elche»ga imkoniyatni boy berib qoʻydi

Madridliklar uchrashuvning 3/2 qismini 10 kishi boʻlib oʻtkazdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
La Liga. «Atletiko» kutilmaganda «Elche»ga imkoniyatni boy berib qoʻydi
FOTO: Getty Images

Ispaniya La Ligasining 33-turi doirasida «Elche» o‘z maydonida Madridning «Atletiko» jamoasini qabul qildi. «Manuel Martines Valero» stadionida kechgan murosasiz bahs mezbonlarning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yin voqealarga juda boy bo‘ldi:

  • 10-daqiqa: «Atletiko» yarim himoyachisi Nikolas Gonsales hisobni ochdi — 0:1.
  • 18-daqiqa: Mezbonlar himoyachisi David Affengruber muvozanatni tikladi — 1:1.
  • 30-daqiqa: Mehmonlar uchun burilish nuqtasi — yarim himoyachi Tyago Almada to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.
  • 33-daqiqa: «Elche» hujumchisi Andre Silva penaltini aniq amalga oshirib, jamoasini oldinga olib chiqdi — 2:1.
  • 34-daqiqa: Nikolas Gonsales tezkorlik bilan javob qaytarib, dublini rasmiylashtirdi — 2:2.
  • 75-daqiqa: Andre Silva ham o‘zining ikkinchi golini urib, «Elche»ga muhim g‘alabani taqdim etdi — 3:2.

Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng, «Atletiko Madrid» 32 ta o‘yindan keyin 57 ochko bilan turnir jadvalida 4-o‘rinda qoldi. «Elche» esa ochkolari sonini 35 taga yetkazib, 15-pog‘onaga ko‘tarilib oldi.

Keyingi turda «Elche» 26 aprel kuni safarda «Oviedo» bilan kuch sinashsa, «Atletiko» 25 aprel kuni o‘z maydonida Bilbaoning «Atletik» klubini qabul qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting