La Liga. «Atletiko» — «Barselona». Asosiy tarkiblar maʼlum
Bugun, 4 aprel kuni Ispaniya La Ligasining 30-turidan o‘rin olgan markaziy bahs bo‘lib o‘tadi. Unda Madridning «Atletiko» klubi o‘z maydonida «Barselona»ni qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi.
Jamoalarning boshlang‘ich tarkiblari ma’lum bo‘ldi:
«Atletiko»: Musso, Molina, Le Norman, Langle, Koke, Vargas, Gonsales, Almada, Simeone, Grizmann, Baena.
«Barselona»: Joan Garsiya, Kubarsi, Martin, Kanselu, Erik Garsiya, Arauxo, Yamal, Fermin Lopes, Pedri, Olmo, Reshford.
Ispaniya chempionatining 29 turidan so‘ng, «Barselona» 73 ochko bilan turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilmoqda. «Atletiko» esa 57 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan turda Hans-Diter Flik shogirdlari o‘z maydonida «Rayo Valyekano»ni minimal 1:0 hisobida mag‘lub etishgan edi. Diego Simeone jamoasi esa safarda Madrid derbisida «Real»ga imkoniyatni boy bergan (2:3).