locale OZ

La Liga. «Atletik» o'z maydonida «Osasuna»ni minimal hisobda magʻlub etdi

Hozirda bilbaoliklar turnir jadvalida toʻqqizinchi oʻrinni egallab turibdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
La Liga. «Atletik» o'z maydonida «Osasuna»ni minimal hisobda magʻlub etdi
FOTO: Getty Images

Ispaniya La Ligasining 33-turidan o‘rin olgan «Atletik Bilbao» va «Osasuna» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi. O‘yin Bilbaodagi «San-Mames Barriya» stadionida bo‘lib o‘tdi. Bahsni bosh hakam Viktor Garsiya Verdura boshqarib bordi. Unda mezbonlar 1:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuvdagi yagona golni 16-daqiqada «Atletik» hujumchisi Gorka Guruseta kiritishga muvaffaq bo‘ldi. O‘yinning 90+1-daqiqasida mezbonlar yarimhimoyachisi Mikel Xaurexisar ikkinchi sariq kartochka tufayli maydondan chetlatildi.

Ispaniya chempionatining 32 ta o‘yinidan so‘ng «Atletik Bilbao» 41 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida to‘qqizinchi o‘rinni egallab turibdi. «Osasuna» esa 39 ochko bilan 10-pog‘onadan joy olgan.

Chempionatning navbatdagi turida «Atletik» safarda Madridning «Atletiko» jamoasi bilan kuch sinashadi (25 aprel), «Osasuna» esa bir kun o‘tib o‘z maydonida «Sevilya»ni qabul qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting