Kyurasao — Jahon chempionatiga yoʻl olgan eng kam aholiga ega mamlakat boʻldi
Kyurasao milliy jamoasi tarixiy natijaga erishdi — mamlakat jahon chempionatiga yo‘l olgan eng kam aholiga ega davlat sifatida futbol tarixiga kirdi.
Atigi 156 ming aholisi bor ushbu orol davlati Islandiyaning rekordini yangilab, ilk bor sayyoraning eng nufuzli futbol turniriga yo‘llanma qo‘lga kiritdi.
Bu muvaffaqiyatda tajribali gollandiyalik mutaxassis Dik Advokatning hissasi katta bo‘ldi. U 2024 yil yanvar oyida Kyurasao milliy jamoasini boshqaruvini oʻz qoʻliga olgan edi.
JCh–2026 saralashining KONKAKAF zonasi doirasidagi hal qiluvchi o‘yin Yamaykaga qarshi 6-tur bahsi bo‘ldi. 18 dan 19 noyabr kuniga o‘tar kechasi Yamayka poytaxti Kingston shahridagi «Park Independens» stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Bu natija Kyurasao terma jamoasiga JCh–2026 yo‘llanmasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘lga kiritish imkonini berdi.