Kyurasao futbol federatsiyasi prezidenti saraton sabab iste'foga chiqdi
Kyurasao futbol federatsiyasi prezidenti Gilbert Martina sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sabab o‘z lavozimini tark etdi. Federatsiya ma'lum qilishicha, unga erta bosqichdagi prostata saratoni tashxisi qo‘yilgan va aynan shu sabab u iste'fo berishga qaror qilgan.
Martina ijtimoiy tarmoqlardagi murojaatida davolanish va sog‘lig‘iga to‘liq e'tibor qaratishi kerakligini aytib, federatsiya hamda futbol jamoatchiligiga qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdorlik bildirdi.
Gilbert Martina rahbarligida Kyurasao futboli tarixiy yutuqqa erishdi. Karib dengizidagi kichik davlat ilk bor Jahon chempionati final bosqichiga yo‘l oldi va 2026-yilgi mundialda debyut qildi. Ushbu muvaffaqiyat mamlakat futboli tarixidagi eng muhim voqealardan biri sifatida baholanmoqda.
Hozircha federatsiya prezidenti lavozimini kim egallashi rasman e'lon qilinmagan. Federatsiya esa Martina tezroq sog‘ayib ketishini tilab, uning Kyurasao futboli rivojiga qo‘shgan hissasi doimo yuksak qadrlanishini ta'kidladi.