locale OZ

Kyurasao darvozaboni: «Endi menga haykal qo‘yishsa kerak»

37 yoshli Rom Ekvador bilan o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kyurasao darvozaboni: «Endi menga haykal qo‘yishsa kerak»
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
20.06.2026, Yak.
Ekvador
0
Kyurasao
0

Kyurasao terma jamoasi darvozaboni Eloy Rom Ekvadorga (0:0) qarshi o‘yindan so‘ng fikr bildirdi.

Darvozabon o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi va 15 ta seyv amalga oshirdi, Kyurasao esa o‘z tarixida ilk bor JCHda ochko qo‘lga kiritdi.

«Tim Howardning rekordini yangilay olmaganimgan biroz xafa bo‘ldim. Albatta, o‘sha o‘yinni ko‘rganman, adashmasam, Belgiya bilan o‘yin edi, o‘shanda Tim Howardga oson bo‘lmagan. Bundan tashqari, yana bir juda-juda eski rekord ham bor edi, shuning uchun bundan faxrlanaman.

Bilasizmi, men uchun, darvozabon sifatida, bu deyarli mukammal o‘yin. Shunday ekan, jamoa uchun ham juda faxrlanaman, chunki biz buni birga uddaladik. Men seyvlar qilaman, lekin biz jamoa bo‘lib kurashamiz. Umuman olganda, ha, o‘ylaymanki, endi menga Kyurasao’da haykal kerak», — deya Romning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Match of the Day’ning X ijtimoiy tarmog‘idagi akkaunti.

Shuningdek, 37 yoshli Rom Ekvador bilan o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

So‘nggi turda «orolliklar» Kot-d’Ivuar terma jamoasi bilan o‘ynaydi, ekvadorliklar esa nemislar bilan kuch sinashadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting