Kyezaga A Seriya va La Ligadan qiziqish bor
«Liverpul» hujumchisi Federiko Kyezaga bir qator klublar tomonidan jiddiy qiziqish bildirilyapti. Bu haqda taniqli sport jurnalisti Nikolo Skira o‘zining ijtimoiy tarmoqlarda bergan ma’lumotida aytib o‘tdi.
Uning yozishicha, italiyalik futbolchini A Seriyaning ikki jamoasi va La Liganing bir klubi kuzatib bormoqda.
Shunga qaramay, Kyeza transfer variantlarini ko‘rib chiqishni istamayapti va «Liverpul»da qolishni afzal ko‘rmoqda. Italiyalik futbolchi 2024 yil yozida «Yuventus»dan ingliz klubiga ko‘chib o‘tgan edi. Uning yillik 5 million yevro maoshni o‘z ichiga olgan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Hozirgi 2025/26 yilgi mavsumda Kyeza uchta turnir doirasida 15 ta o‘yin o‘tkazib, besh marotaba raqib darvozasini ishg‘ol qilgan.