locale OZ

Kyeza «Liverpul»ni tark etishi mumkin

«Liverpul» futbolchi uchun taxminan 15 million yevro olishni istamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kyeza «Liverpul»ni tark etishi mumkin
ФОТО: Getty images

«Liverpul» hujumchisi Federiko Kyeza joriy mavsum davomida klubni tark etishi mumkin. Italiyalik futbolchi hozirga qadar mushak jarohati sabab maydonga tushmadi.

Calciomercato ma’lumotiga ko‘ra, «qizillar» 28 yoshli vingerni yanvar oyida ochiladigan qishki transfer oynasi vaqtida sotuvga qo‘yishi ehtimoli yuqori. «Liverpul» futbolchi uchun taxminan 15 million yevro olishni istamoqda.

Kyezaga Italiyaning ikki yetakchi klubi — Milaning «Inter»i va «Napoli» qiziqish bildirmoqda. Biroq potensial xaridorlar uchun asosiy muammolardan biri futbolchining maoshi bo‘lishi mumkin. Kyeza Angliyada bir mavsum uchun soliqlardan keyin taxminan 7 million yevro ishlab topadi.

Federiko Kyeza «Liverpul»ga 2024-yil avgust oyida «Yuventus»dan ko‘chib o‘tgan. Aynan shu transferdan keyin italiyalik futbolchi Angliya klubida o‘zini to‘liq namoyon qilishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting