locale OZ

Kyeza Italiya milliy jamoasining taklifini rad etdi

Italyanlarni oldinda JCh-2026 saralash uchrashuvlari kutib turibdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kyeza Italiya milliy jamoasining taklifini rad etdi
FOTO: Getty Images

Angliyaning «Liverpul» klubi hujumchisi Federiko Kyeza Italiya milliy jamoasining noyabr oyidagi JCh-2026 saralash oʻyinlarida ishtirok etish taklifini rad etdi. Bu haqda bosh murabbiy Jennaro Gattuzo maʼlum qildi.

«Men u bilan tez-tez suhbatlashaman. Bir-birimizning qarorlarimiz va muammolarimizni hurmat qilishimiz kerak. Biz doim ochiq muloqot qilamiz va men uning fikrini hurmat qilaman. Boshqa hech narsa ayta olmayman», — dedi Gattuzo.

Maʼlumot uchun, Kyeza joriy mavsum barcha turnirlarda 12 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Italiya milliy jamoasi noyabr oyidagi FIFA kunlarida Moldova (13 noyabr) va Norvegiya (16 noyabr) bilan toʻqnash keladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting