locale OZ

Kvaratsxeliya: «O‘ylashimcha, ahillik — jamoaning eng kuchli tomonlaridan biri»

«PSJ» hujumchisi jamoaning eng kuchli jihatlaridan birini aytdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kvaratsxeliya: «O‘ylashimcha, ahillik — jamoaning eng kuchli tomonlaridan biri»
FOTO: Getty Images

«PSJ» vingeri Xvicha Kvarasxeliya Parij klubining eng kuchli jihatlaridan birini aytdi.

«O‘ylashimcha, ahillik — jamoaning eng kuchli tomonlaridan biri. Biz birga o‘ynashdan xursandmiz, tarkibda ajoyib jipslashuv sezilib turibdi. Agar bir-birimiz uchun kurashsak va o‘zimiz o‘rgangan futbolni namoyish etsak, har qanday raqibni mag‘lub eta olishimizni bilamiz», — deya Kvarasxeliyaning so‘zlarini keltirmoqda klub rasmiy sayti.

Fransiya Liga 1 musobaqasining yakunlangan mavsumi natijalariga ko‘ra, «PSJ» mamlakat chempioniga aylandi. Jamoa 34 ta uchrashuvda 76 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi.

Chempionlar Ligasi finalida esa Parij klubi Londonning «Arsenal» jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 30 may kuni «Pushkash Arena» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting