locale OZ

Kvaratsxeliya: «Meni Maradona bilan solishtirish ahmoqlik»

«Napoli»ning sobiq futbolchisi Maradona bilan taqqoslashlariga munosabat bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kvaratsxeliya: «Meni Maradona bilan solishtirish ahmoqlik»
FOTO: Getty Images

«Pari Sen-Jermen» qanot hujumchisi Xvicha Kvarasxeliya jahon futboli afsonasi Diego Maradona bilan solishtirishlari haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Neapolda o‘ynab yurgan vaqtlarimda ko‘chada meni "Kvaradona" deb chaqirishardi. Sizni o‘yin tarixidagi eng yaxshilardan biri bilan solishtirishsa, bu har doim yoqimli. Maradona Neapolda o‘ynagan, har bir neapollikning uyida uning suratlari bor. U haqiqatdan ham tarixning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri. Men bu laqab bilan faxrlanaman.

Bilasizki, Maradona bilan solishtirilish ancha murakkab narsa, chunki har safar maydonga tushganingizda ushbu laqabga loyiq ekanligingizni isbotlashingiz kerak bo‘ladi. Lekin baribir men bundan juda xursandman», — deya Kvarasxeliyaning so‘zlarini keltirmoqda RMC Sport.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting