Kvaratsxeliya Chempionlar ligasining o‘tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi sovrinini oldi
PSJ vingeri Xvicha Kvaratsxeliya 2025/26-yilgi Chempionlar ligasining eng yaxshi futbolchisi sifatidagi sovrinini qabul qilib oldi. Gruziyalik futbolchiga mukofot PSJning “Slovan Bratislava”ga qarshi yangi mavsumdagi ilk uchrashuvi oldidan topshirildi.
Kvaratsxeliya o‘tgan mavsum Chempionlar ligasida PSJning chempion bo‘lishida muhim rol o‘ynadi. UEFA rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, u turnirda 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Gruziyalik futbolchi, ayniqsa, pley-off bosqichlarida yorqin o‘yin ko‘rsatdi. UEFA texnik kuzatuvchilar guruhi mavsum yakunida aynan Kvaratsxeliyani turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topdi.
Ma’lumot uchun, PSJ 2025/26-yilgi Chempionlar ligasi finalida “Arsenal”ni penaltilar seriyasida mag‘lub etib, ketma-ket ikkinchi bor Yevropaning eng nufuzli klub turnirida g‘olib chiqdi.