locale OZ

Kutilmagan magʻlubiyatdan soʻng «Real» kiyinish xonasida nima sodir boʻlgani maʼlum boʻldi

Avvalroq madridliklar Ispaniya Kubogini tark etgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kutilmagan magʻlubiyatdan soʻng «Real» kiyinish xonasida nima sodir boʻlgani maʼlum boʻldi
FOTO: Getty Images

Ispaniya Kubogi 1/8 finalida «Real»ning «Albasete»ga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lganidan so‘ng «qirollik klubi» kiyinish xonasida og‘ir sukunat hukm surdi. Manbaga ko‘ra, futbolchilardan hech biri bir og‘iz ham so‘z aytmagan. Bu haqda El Chiringuito jurnalisti Xose Luis Sanches xabar berdi.

Qayd etilishicha, kiyinish xonasidagi muhit go‘yo motam marosimini eslatgan. Mazkur vaziyatda jamoaning bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa aralashib, futbolchilarga ruhiy tayanch bo‘lgan.

Ispaniyalik mutaxassis jamoani birdamlikka chaqirib, yanada ko‘proq mehnat qilish zarurligini ta’kidlagan hamda mag‘lubiyat uchun eng katta mas’uliyatni shaxsan o‘zi zimmasiga olishini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu mag‘lubiyat natijasida madridlik «Real» Ispaniya Kubogi bilan xayrlashdi, «Albasete» esa musobaqadagi ishtirokini davom ettiradi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting