Kutilmagan burilish: Florian Virts “Bavariya” taklifini rad etdi
FOTO: Getty Images
Leverkuzenning “Bayer” klubi hujumkor yarim himoyachisi Florian Virts “Bavariya” taklifini rad etib, faoliyatini “Liverpul”da davom ettirishga qaror qildi. Bu haqda jurnalist Sasha Tavoliyeri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, Virts o'z qarori haqida myunxenliklar rahbariyatini shaxsan xabardor qilgan. Endi “Liverpul” “Bayer” bilan 150 million yevroga shartnoma tuzishi kerak bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq germaniyalik futbolchi “Bavariya” taklifini qabul qilgani haqida xabar berilgandi.
Ma'lumot uchun, Florian Virts joriy mavsum barcha turnirlarda 45 ta o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 140 million yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist