locale OZ

Kurtua «Real» safida 300-uchrashuvini o'tkazdi

Bu ko'rsatkich bo'yicha klub tarixida to'rtinchi o'rinda turibdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kurtua «Real» safida 300-uchrashuvini o'tkazdi
ФОТО: Getty images

“Real” darvozaboni Thibaut Courtois “Yuventus”ga qarshi bellashuvda “qirolicha” klubidagi yubiley uchrashuvini o'tkazdi.

Belgiya darvozaboni “Real” libosida 300-uchrashuvini o'tkazdi. Shundan Kurtua 119 ta o'yinda (39,7%) darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi va bu ko'rsatkich bo'yicha klub tarixida to'rtinchi o'rinda bormoqda.

Bu borada faqat Iker Kasilyas (725 ta o'yinda 264 ta "quruq" o'yin, 36,4%), Fransisko Buyo (456 ta o'yinda 182 ta "quruq" o'yin, 39,9%) va Migel Anxel (346 ta o'yinda 133 ta "quruq" o'yin, 38,4%) undan ko'proq "quruq" o'yin o'tkazgan.

Eslatib o'tamiz, “Real” kecha “Yuventus”ni 1:0 hisobida mag'lub etdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting