locale OZ

Kurtua Millatlar Ligasida Belgiya safida o‘ynamaydi

34 yoshli futbolchi bu qarorni terma jamoaning yangi bosh murabbiyi Mark van Bommel bilan suhbatdan so‘ng qabul qilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kurtua Millatlar Ligasida Belgiya safida o‘ynamaydi
Foto: Getty Images

Belgiya terma jamoasi darvozaboni Tibo Kurtua Millatlar Ligasi bahslarida ishtirok etmasligini tasdiqladi. 34 yoshli futbolchi bu qarorni terma jamoaning yangi bosh murabbiyi Mark van Bommel bilan suhbatdan so‘ng qabul qilgan.

Kurtuaning aytishicha, u Millatlar Ligasining butun mavsumini, jumladan Belgiya “To‘rtlik finali”ga yo‘l olsa, ushbu bosqichni ham o‘tkazib yuboradi. Faqat jamoada jarohatlar sabab darvozabonlar bilan bog‘liq jiddiy muammo yuzaga kelsagina, istisno tariqasida terma jamoaga qaytishi mumkin.

Darvozabon bu qarorini xalqaro faoliyatini yakunlash bilan bog‘lamagan. Kurtua Jahon chempionatidan keyin bir muddat terma jamoadan tanaffus olib, jismoniy holatiga va klubdagi o‘yinlariga ko‘proq e’tibor qaratmoqchi ekanini bildirgan. U Yevro-2028 saralash bahslaridan boshlab yana Belgiya safida o‘ynashga tayyor bo‘lishini aytdi.

Ma’lumot uchun, Tibo Kurtua Belgiya terma jamoasi safida 115 ta uchrashuv o‘tkazgan. U qaytganidan keyin asosiy tarkibdagi o‘rni kafolatlanmasligini ham tan oldi va birinchi raqam maqomi uchun yana kurashishga tayyorligini ta’kidladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting