locale OZ

Kurtua «Manchester Siti» atrofidagi mojaro haqida fikr bildirdi

Angliya klubi Premyer-liganing moliyaviy qoidalarini buzganlikda aybdor deb topilgan edi.
Kurtua «Manchester Siti» atrofidagi mojaro haqida fikr bildirdi
Фото: Getty Images

Belgiya terma jamoasi va Madridning «Real» klubi darvozaboni Tibo Kurtua «Manchester Siti» atrofidagi mojaroga munosabat bildirdi. Angliya klubi Premyer-liganing moliyaviy qoidalarini buzganlikda aybdor deb topilgan edi.

«Manchester Siti» bilan bog‘liq vaziyat yakunda musobaqa natijalarini buzib ko‘rsatadi. Balki ular o‘zlari xohlagan futbolchilarning birortasini ham transfer qila olmagan bo‘lar edi», — deya Kurtuaning so‘zlarini Marca keltirgan.

Avvalroq «Manchester Siti»ning ko‘plab qoidabuzarliklari tufayli Premyer-ligadan chetlatilishi va qo‘lga kiritgan chempionlik unvonlaridan mahrum qilinishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Angliya chempionatining joriy mavsumida Enso Mareski boshchiligidagi jamoa beshta uchrashuvda 15 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting