Kurtua Chempionlar Ligasining bir mavsumida ikkita golli uzatma qayd etgan tarixdagi ikkinchi darvozabonga aylandi
UEFA Chempionlar Ligasining 1/8 finali doirasida «Real» va «Manchester Siti» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv ayni damda davom etmoqda. Hozirgi vaqtda ispanlar 3:0 hisobida oldinda.
Birinchi bo‘limda Federiko Valverde xet-trik qayd etdi. Shunisi e’tiborga loyiqki, yarimhimoyachi o‘zining ilk golini Tibo Kurtuaning uzatmasidan so‘ng kiritdi. Bu belgiyalik darvozabonning joriy mavsumdagi ikkinchi golli uzatmasidir.
Avvalroq, Chempionlar Ligasining bir mavsumida ikkita golli uzatmani faqat «Deportivo»ning sobiq darvozaboni Xose Fransisko Molina 2003/2004yilgi mavsumda amalga oshira olgan edi.
Jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi 17 mart kuni Manchesterdagi «Etihad» stadionida bo‘lib o‘tadi.
«Real» pley-off bosqichiga qadar «Benfika»ni ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 3:1 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, «Manchester Siti» umumiy bosqichda 16 ochko to‘plab, sakkizinchi o‘rinni egallagan edi.