locale OZ

Kurtua «Barselona»ga qarshi oʻyinda ishtirok etishi mumkin

«Real» darvozaboni mart oyida jarohat olgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kurtua «Barselona»ga qarshi oʻyinda ishtirok etishi mumkin
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi darvozaboni Tibo Kurtua 10 may kuni bo‘lib o‘tadigan «Barselona»ga qarshi uchrashuvgacha sondagi jarohatidan forig‘ bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, agar kutilmagan asoratlar yuzaga kelmasa, belgiyalik posbon ushbu bahsga tayyor bo‘ladi. Tez orada darvozabon jamoa bilan mashg‘ulotlarga qaytadi.

Eslatib o‘tamiz, Kurtua 17 mart kuni Chempionlar Ligasining 1/8 finali doirasidagi «Manchester Siti»ga (2:1, birinchi o‘yin – 3:0) qarshi javob uchrashuvida jarohat olgan edi va shundan beri maydonga tushgani yo‘q.

Joriy mavsumda 33 yoshli posbon jami 41 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z darvozasidan 39 ta to‘p olib chiqdi. Shuningdek, uning hisobida 15 ta «quruq» o‘yin bor. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 18 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting