Kurash. Asian Youth Games 2025: Kurash bahslari 19-20 oktyabr kunlari o’tkaziladi
Sevimli sportimiz — Kurash shu yilning 22–31 oktyabr kunlari Manama shahrida bo‘lib o‘tadigan 3-Osiyo Yoshlar O‘yinlari (AYG 2025) dasturiga kiritilganligi haqida xabar bergan edik.
Bahraynda 45 mamlakatdan 4 mingdan ortiq yosh sportchi 24 sport turi bo‘yicha bellashadi.
Kurash bahslari 19–20 oktyabr kunlari o‘tkazilib, to‘rtta vazn toifasida (o‘g‘il bolalar: -65 kg, -83 kg; qizlar: -52 kg, -70 kg) medallar o‘ynaladi. Har bir mamlakat ikki nafar o‘g‘il va ikki nafar qiz sportchini qo‘yishi mumkin.

IKA prezidenti Haider A. Farman:
“Kurashning Osiyo Yoshlar O‘yinlari dasturidan o‘rin olishi sportimiz xalqaro nufuzining oshib borayotganidan dalolatdir. Bu yosh sportchilar uchun o‘z mahoratini namoyish etish va qit’a miqyosida do‘stlik rishtalarini mustahkamlash imkoniyatidir,” — deya ta’kidladi.
Tantanali ochilish marosimi 22 oktyabr kuni Exhibition World Bahrain majmuasida bo‘lib o‘tadi.