locale OZ

Kunya «Manchester Yunayted» muxlislariga murojaat qildi

APLning 5-turidan so‘ng «qizil iblislar» 5 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kunya «Manchester Yunayted» muxlislariga murojaat qildi
ФОТО: Getty images

«Manchester Yunayted» hujumkor yarim himoyachisi Mateus Kunya jamoa muxlislariga murojaat qildi.

«Ichimizda ishonch juda yuqori ekanini his qilyapman. Biz nima qilayotganimizni bilamiz. O‘yinimizni avvalroq yaxshilashimiz kerakligini tushunyapmiz, chunki o‘tgan mavsumda bu borada juda kech harakat qildik.

Tasavvur qiling, agar bu mavsumda o‘yinimizni avvalroq yaxshilasak, yaxshi natijalarga erishishimiz mumkin», — dedi Kunya. Uning so‘zlarini insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda keltirdi.

APLning 5-turidan so‘ng «Manchester Yunayted» 5 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda. Mankunianliklar navbatdagi uchrashuvni o‘z maydonida Londonning «Tottenhem» klubiga qarshi o‘tkazadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting