locale OZ

Kunde yozda Angliya Premyer-ligasiga yo‘l olishi mumkin

Unga asosiy da’vogar «Chelsi» klubi bo‘ladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kunde yozda Angliya Premyer-ligasiga yo‘l olishi mumkin
ФОТО: Getty images

«Barselona»ning fransiyalik himoyachisi Jyul Kunde o‘z faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Topskills Sports UK xabar berdi.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, «Barselona» yangi transfer oynasida Kundening transferini rejalashtirmoqda. Unga asosiy da’vogar sifatida «Chelsi» ko‘rilmoqda.

Shuningdek, vaziyatni boshqa ingliz klublari ham kuzatmoqda va ular ham Kundening xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsumda Jyul Kunde barcha musobaqalarda 41 o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan va 4 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting