Kunde va Balde «Atletiko»ga qarshi oʻyinda maydonga tushishi mumkin
«Barselona»ning o‘ng va chap qanot himoyachilari Jyul Kunde hamda Aleks Balde Ispaniya chempionati 30-turidan o‘rin olgan Madridning «Atletiko» klubiga qarshi bahsda maydonga tushishlari mumkin. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.
Mazkur uchrashuv shanba, 4 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, kataloniyaliklar fulbeklari mushak jarohatidan so‘ng to‘liq tiklanib, jamoaning umumiy mashg‘ulotlarida ishtirok etishni boshlashgan. Shu bilan birga, «ko‘k-anorranglilar»ning niderlandiyalik yarim himoyachisi Frenki de Yongning holati hamon so‘roq ostida qolmoqda. Xavbek o‘ng oyog‘idagi jarohat sababli bir oydan ortiq vaqtdan beri maydonga tusha olmayapti.
Ayni damda «Barselona» 73 ochko bilan La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Madridning «Real» klubi 69 ochko bilan ikkinchi, 57 ochkoga ega «Atletiko» esa to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.