locale OZ

Kunde «Oltin to‘p» kimga berilishi haqidagi savolga javob berdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kunde «Oltin to‘p» kimga berilishi haqidagi savolga javob berdi
Фото: Getty Images

"Barselona"ning fransiyalik himoyachisi Jyul Kunde "Oltin to‘p"ni kim olishi kerakligi haqidagi savolga javob berdi.

“Ochig‘i, siz meni qiyin ahvolga solib qo‘yyapsiz. Bu haqda ko‘p gapirmoqchi emasman. Shuni aytishim mumkinki, agar Lamin Yamal sovrinni qo‘lga kiritsa, u ham mavsumni ajoyib o‘tkazgan boshqa futbolchilar kabi bunga loyiq bo‘ladi”, — dedi Kunde.

O‘tgan mavsumda 18 yoshli Yamal barcha musobaqalarda 55 ta o‘yinda 18 ta gol urdi va 25 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kundening o‘zi esa Kataloniya klubi bilan 2030 yilgacha bitim imzoladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting