locale OZ

Kunde “Barselona”ning asosiy tarkibiga qaytish uchun qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda

Fransiyalik futbolchi jamoaviy mashg‘ulotlar yakunlangach ham bazada qolib, individual tarzda ishlamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kunde “Barselona”ning asosiy tarkibiga qaytish uchun qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda
Foto: Getty Images

“Barselona” himoyachisi Jyul Kunde asosiy tarkibdagi o‘rnini qaytarib olish maqsadida qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkazishni boshladi. Fransiyalik futbolchi jamoaviy mashg‘ulotlar yakunlangach ham bazada qolib, individual tarzda ishlamoqda. Bu haqda Sport.es xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Kunde jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiylar va fizioterapevtlar bilan qo‘shimcha shug‘ullanmoqda. Bundan tashqari, u trenajyor zalidagi mashg‘ulotlarga ham alohida vaqt ajratmoqda.

Joriy mavsumda 27 yoshli futbolchining jamoadagi holati o‘zgargan. U La Liga startida to‘rtta uchrashuvda jami 171 daqiqa maydonda bo‘lgan va faqat bir marta asosiy tarkibda o‘yinni boshlagan. Mavsum boshida o‘ng qanot himoyasida Erik Garsiya Kundedan ko‘proq imkoniyat olayotgan edi.

Ma’lumot uchun, Kunde “Barselona” safida 2022-yildan buyon to‘p suradi. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2030-yilgacha mo‘ljallangan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting