Kunde “Barselona”ni tark etmoqchi emas
“Barselona”ning fransiyalik himoyachisi Jyul Kunde so‘nggi uchrashuvlarda yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotganiga qaramay, Kataloniya klubini tark etish niyatida emas. Bu haqda Diario Sport nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 27 yoshli futbolchi “Barselona”da qolib, bosh murabbiy Xans-Diter Flikka o‘z imkoniyatlarini isbotlamoqchi. Shu sababli u boshqa klublardan tushayotgan takliflarni ko‘rib chiqmayapti. Biroq germaniyalik mutaxassis Kundega asosiy tarkibdan joy kafolatlamoqchi emas.
Hozircha “Barselona” rahbariyati fransiyalik himoyachini sotish haqida o‘ylamayapti. Shunga qaramay, futbolchining jamoadagi holati o‘zgarmasa, klub yanvar oyidagi transfer oynasida uning kelajagi masalasini qayta ko‘rib chiqishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Jyul Kunde 2026/27-yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 5 ta uchrashuvda maydonga tushib, gol yoki golli uzatma qayd etmagan. Uning “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2030-yil yozigacha mo‘ljallangan.