locale OZ

Kunde «Arsenal»ga o'tishi mumkin

Uning “Barselona” bilan shartnomasi 2030 yil yozigacha amal qiladi.
Kunde «Arsenal»ga o'tishi mumkin
ФОТО: Getty images

Fransiyalik 27 yoshli himoyachi Jyul Kunde faoliyatini Londondagi “Arsenal” klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqida Diario Sport xabar berdi.

Manbaga ko'ra, “Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta Kundening transferiga shaxsan qiziqmoqda. “Kanonirlar” fransiyalik futbolchini himoya chizig'ini kuchaytirish uchun munosib nomzod sifatida ko'rmoqda.

Ayni paytda “Barselona” ham Kunde bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Kataloniya klubiga transferlar uchun qo'shimcha mablag' zarurligi sababli, jamoa ayrim futbolchilarini sotish variantlarini o'rganmoqda.

Biroq transferdagi asosiy to'siq — Kundening o'zi. Fransiyalik himoyachi hozircha “Barselona”ni tark etishni istamayapti va Kataloniya klubida qolishni rejalashtirmoqda. Uning “Barselona” bilan shartnomasi 2030 yil yozigacha amal qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting