locale OZ

Kunde APL grandlari e’tiborida

Fransiyalik himoyachining «Barselona» bilan shartnomasi 2030 yilga qadar amal qiladi.
Kunde APL grandlari e’tiborida
Фото: Getty Images

«Barselona» himoyachisi Jyul Kunde Angliya Premyer-ligasining bir qator top-klublari qiziqish doirasiga tushdi.

Barca Universal nashri Sport manbasiga tayangan holda xabar berishicha, fransuz futbolchisining vaziyatini «Arsenal», «Liverpul», «Chelsi», «Manchester Siti» va «Manchester Yunayted» diqqat bilan kuzatmoqda.

27 yoshli Kundening o‘zi esa klubni tark etishga shoshilmayapti. U «ko‘k-anorranglilar» safida faoliyatini davom ettirishni afzal ko‘rmoqda.

«Barselona» rahbariyati futbolchini sotish variantini ko‘rib chiqishga tayyor, ammo bu faqat klub uchun manfaatli taklif tushgan taqdirdagina amalga oshishi mumkin.

Transfermarkt portali Kundening bozor qiymatini 55 million yevro deb baholamoqda. Fransiyalik himoyachining «Barselona» bilan shartnomasi 2030 yilga qadar amal qiladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting