locale OZ

Kuman: «Dumfris «Real»dami? Uning «Barselona»ga o‘tishini afzal ko‘rgan bo‘lardim»

Kuman 1989 yildan 1995 yilgacha "ko‘k-anorranglilar" safida to‘p surgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kuman: «Dumfris «Real»dami? Uning «Barselona»ga o‘tishini afzal ko‘rgan bo‘lardim»
ФОТО: Getty images

Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman "apelsinranglilar" va "Inter"ning o‘ng qanot himoyachisi Denzel Dumfrisning Madridning "Real" klubiga o‘tishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

"Transfer to‘liq yakunlangani yo‘qmi, bilmayman, biroq kimdir bunday o‘tishga loyiq bo‘lsa, aynan u. Lekin men uning ‘Barselona’ga o‘tishini afzal ko‘rgan bo‘lardim", — deya Kumanning so‘zlarini keltiradi AS.

Eslatib o‘tamiz, Kuman 1989 yildan 1995 yilgacha "ko‘k-anorranglilar" safida to‘p surgan. Shuningdek, niderlandiyalik mutaxassis 2020 yildan 2021 yilgacha Kataloniya klubi bosh murabbiyi lavozimida ishlagan.

O‘tgan mavsumda Dumfris barcha musobaqalarda 28 ta o‘yinda ishtirok etib, beshta gol va ikkita golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portalining ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 25 million yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting