locale OZ

Kukurelya: «Real Madrid»da Chempionlar ligasini yutmoqchiman

Mark 2012 yildan 2020 yilgacha «Barselona» tizimida bo‘lgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kukurelya: «Real Madrid»da Chempionlar ligasini yutmoqchiman
ФОТО: Getty images

Madridning «Real» klubining yangi himoyachisi Mark Kukurelya «qirolicha» klubidagi o‘z maqsadlari haqida gapirdi.

«Men ‘Real Madrid’ safida Chempionlar ligasini yutmoqchiman. Ularning Chempionlar ligasi sovrinlari eng ko‘p, men ham shu tarixning bir qismi bo‘lishni xohlayman», — deya Kukurelyaning so‘zlarini keltiradi insayder Fabrizio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida.

15 iyun kuni «Real Madrid» himoyachini «Chelsi»dan 55 million yevro va yana 5 million yevro bonus evaziga sotib olganini rasman e’lon qildi. Kukurelya 2012 yildan 2020 yilgacha «Barselona» tizimida bo‘lgan.

Himoyachining Madrid klubi bilan shartnomasi 2032 yilgacha mo‘ljallangan. Bungacha Kukurelya 2022 yildan beri «Chelsi»da to‘p surgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting