locale OZ

Kukurelya «Chelsi»dan ketmoqchi — The Athletic

Unga «Barselona» va «Atletiko» daʼvogarlik qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kukurelya «Chelsi»dan ketmoqchi — The Athletic
FOTO: Getty Images

«Chelsi»ning ispaniyalik himoyachisi Mark Kukurelya shu yozda klubni tark etish variantini koʻrib chiqmoqda. Insayderlarning maʼlumotlariga koʻra, futbolchi joriy mavsum yakunlaridan qoniqmayapti va shu sababli kelajagi haqida bosh qotirmoqda. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.

Londonliklar bu vaziyatdan unchalik xavotirda emas, chunki himoyachining shartnomasi yakunlanishiga yana uch yil bor. Shunga qaramay, agar klubni qoniqtiradigan taklif tushsa, «Chelsi» uning transferiga qarshilik qilmaydi. Hozirda futbolchiga xaridorlar yetarli: «Barselona» uni Ispaniyaga qaytarishni istayotgan boʻlsa, Madridning «Atletiko» klubi va shaxsan Diyego Simeone ham Kukurelyani oʻzining ustuvor maqsadlari roʻyxatiga kiritgan.

Shu bilan birga, «Chelsi» rahbariyati Kukurelyaning oʻrnini toʻldirish yoki himoyani kuaytirish maqsadida «Liverpul»ning 27 yoshli fransiyalik markaziy himoyachisi Ibraima Konateni sotib olish variantini ichki muhokamalardan oʻtkazmoqda.

Maʼlumot uchun, yakunlangan mavsumda Kukurelya barcha turnirlarda 50 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol va 4 ta assist muallifiga aylandi. Transfermarkt portali uning narxini 50 million yevroga baholagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting