Kukurelya «Chelsi» bilan shartnomasini uzaytirdi
Фото: Getty Images
Londonning “Chelsi” klubi himoyachisi Mark Kukurelya “aristokratlar” bilan shartnomasini uzaytirganini ma'lum qildi.
“Ha, yangi shartnoma imzoladik. Men bundan juda xursandman. Klub menga ishonch bildirdi, shu sababli bu yerda qolganimdan mamnunman. Yangi mavsum ajoyib o'tishiga umid qilaman”, - dedi ispaniyalik futbolchi.
Eslatib o'tamiz, Kukurelya 2022 yilning yozidan beri “Chelsi” safida to'p surmoqda. Futbolchi o'tgan mavsum barcha turnirlarda 54ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol urdi va 4ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist