locale OZ

Kukurelya: Bizga tajriba yetishmadi

Kukurelya «PSJ»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng klubning rivojlanish yo‘nalishi haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kukurelya: Bizga tajriba yetishmadi
photo: Google

Kukurelya «PSJ»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng klubning rivojlanish yo‘nalishi haqida fikr bildirdi. Ko‘p mutaxassislar tomonidan aytilgan fiklarni futbolchilarning o‘zidan ham eshitishingiz mumkin.

«Bizga tajriba yetishmadi. Ko‘plab o‘yinchilarimiz bunday darajada birinchi marta o‘ynashdi va biz buning tovonini to‘ladik.

Biz bundan yaxshiroq o‘ynashimiz kerak edi. Agar xotirjamlikni saqlab qolganimizda, Londonga 2:3 hisobida qaytgan bo‘lardik va javob o‘yinida har qanday holat yuz berishi mumkin edi.

Biz xatoga yo‘l qo‘ydik, aniq bir tuzilmaga ega bo‘lmagan holda hujum qilishga urindik va «PSJ» bu imkoniyatdan foydalanib qoldi.

Bunday natijalarni qabul qilish har doim og‘ir. Sen har kuni kurashasan va mashg‘ulot qilasan, lekin top darajagacha hali ancha borligini tushunib yetasan.

Tushunamanki, bu klub siyosatining bir qismi va ular shu yo‘nalishda harakat qilishni – yosh futbolchilar bilan shartnoma imzolab, kelajakka qarashni xohlashadi. Ammo hali ham shu yerda bo‘lgan va yirik musobaqalarda g‘alaba qozonishni istaydigan barchamiz uchun bunday damlar umidsizlik hissini uyg‘otadi.

Bizda o‘yinchilarning yaxshi o‘zagi bor. Poydevor yaratilgan. Ammo APL yoki Chempionlar ligasi kabi yirik sovrinlar uchun kurashish uchun ko‘proq narsa kerak. Faqat yosh futbolchilarni sotib olish bu maqsadlarga erishishni qiyinlashtirishi mumkin. «PSJ»ga qarshi o‘yinda bizga bunday vaziyatlarni boshidan kechirgan o‘yinchilar yetishmadi.

Yosh o‘yinchilar kelajakda tajriba orttirishadi. Ammo bu ikki jihat o‘rtasida muvozanat topish kerak», – dedi Mark Kukurelya.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting