locale OZ

Kukurelya «Barselona»ga qaytishi mumkin — Mundo Deportivo

27 yoshli himoyachining transferi uchun taxminan 50 million yevro narx belgilangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kukurelya «Barselona»ga qaytishi mumkin — Mundo Deportivo
FOTO: Getty Images

«Chelsi»ning chap qanot himoyachisi Mark Kukurelya klubdagi qiyin davrlar fonida jamoani tark etishi mumkin. Futbolchi «Barselona»ga qaytishga tayyor. Bu haqda Mundo Deportivo jurnalisti Ferran Martines xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, ayni damda 27 yoshli o‘yinchining vakillari «ko‘k-anorranglilar» sport direktori Deku bilan bog‘lanishmagan. Ta’kidlanishicha, Kukurelyaning transferi uchun taxminan 50 million yevro narx belgilangan. Ehtimol, «Chelsi» futbolchisining sotib olinishi «Barselona» o‘zining asosiy himoyachilaridan birini sotish-sotmasligiga bog‘liq bo‘ladi.

Kukurelya 2012 yildan 2020 yilgacha «Barselona» tizimida bo‘lgan. Futbolchining London klubi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting