Kuchli shamol, 2 ta gol inobatga olinmagan o‘yinda «Guliston» «Orol FA»ni yengib, finalga chiqdi
Sirdaryo viloyati Hokim kubogi-2026 yarimfinalida «Guliston» futbol klubi «Orol FA» bilan kuch sinashdi.
O‘yin davomida kuchli shamol kuzatildi. Bu esa o‘yinga ta’sir ko‘rsatdi. Natijada birinchi bo‘limda hisob ochilmadi. Tanaffusdan so‘ng hujumlarimiz soni ortdi. Lekin bosh hakam va qanot laynsmenlarining tushunarsiz qarorlari sabab ikki golimiz hisobga olinmadi. Ammo hujumlar baribir o‘z samarasini berib, 72-daqiqada penalti tepish huquqiga ega bo‘ldik. Bundan esa Shohnazar Norbekov unumli foydalanib, hisobni ochdi. Bu gol o‘yin yakuniga qadar saqlab qolindi.
Shunday qilib, jamoamiz finalga yo‘llanma oldi. Hal qiluvchi bahsda jamoamiz ertaga, 26 fevarl kuni «Osiyo»ga qarshi yana bir marta kuch sinashamiz.
Hokim kubogi-2026. Yarimfinal
Guliston – Orol FA 1:0
Gol: Shohnazar Norbekov 73 penalti.
Guliston – Sarvar Husanov, Ixtiyor Toshpo‘latov, Otabek Kabulov, Turdibek Omonov, Muhammad Isayev, Ozodbek Rajabov, Bobur Yorbekov, Bunyod Shodiyev, Shahzodbek Gʻofurbekov, Aslbek Umrzaqov, Azamat Abduhalilov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Shohnazar Norbekov, Azim Mamatqulov, Shohjahon Yunusov.