«Kuchli raqib bilan bahsda qanday holatda ekanligimizni bilib olamiz» – Vadim Abramov
“Dinamo” jamoasining bugungi mashg‘ulotlaridan so‘ng bosh murabbiyi Vadim Abramov klub matbuot xizmatiga intervyu berib, “Zenit”ga qarshi dushanba kuni o‘tadigan o‘yinga to‘xtaldi.
“Zenit” – yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish uchun yaxshi raqib. Bunday jamoalar bilan o‘z kuchingni sinab ko‘rish yoqimli bo‘ladi. Har holda kuchli raqib bilan qanday holatda ekanligimizni bilib olamiz.
Raqib Rossiyaning 10 karra chempioni? Bahsga odatdagidek tayyorlanyapmiz. Bunga qadar Dubay va Abu-Dabida yaxshi o‘yinlar o‘tkazdik, bu uchrashuv ham tayyorgarlikning davomi bo‘ladi.
Mavsumga reja asosida hozirlik ko‘ryapmiz. Jamoada ishchan kayfiyat hukmron. Chempionatga tobora kam vaqt qolmoqda, mavsumga raqobatbardosh bo‘lib kirib borishimiz kerak”, - dedi Vadim Abramov “Zenit” bilan o‘yin oldidan.