Kubo APLga yo‘l olishi mumkin
Kubo transfer bozorida 30-40 million yevroga baholanmoqda.
Photo: Getty Images
"Real Madrid"ning sobiq futbolchisi Takefusa Kubo faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin, deb xabar bermoqda jurnalist Florian Plettenberg.
Qayd etilishicha, yaponiyalik futbolchiga APLning bir nechta grand klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Kubo transfer bozorida 30-40 million yevroga baholanmoqda. Futbolchining o‘zi esa yangi chaqiriqlarga tayyor va Angliya chempionatida o‘zini sinab ko‘rishni intiqlik bilan kutmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 24 yoshli vinger joriy mavsum barcha chempionatlarda 52 ta uchrashuvda ishtirok etib, 7 ta gol urgani va 4 ta golli uzatmani ham o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist