Kubarsi: \"Umid qilamizki, kelgusi yil ham bundan yaxshi bo‘ladi\"
Photo: Getty Images
“Barselona” himoyachisi Pau Kubarsi mavsum haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Biz uchun hamma narsa ajoyib o‘tdi. Umid qilamizki, kelgusi yil ham yaxshi yoki bundan-da yaxshiroq o‘tadi.
Men ko‘p yillar davomida Lamin bilan kiyinish xonasini baham ko‘rdim. Uning hali isbotlashi kerak bo‘lgan narsalari ko‘p. U bizga katta quvonch olib kela oladi”, — dedi Kubarsi.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” La Liga, Ispaniya Kubogi va Superkubogida g‘alaba qozondi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist