Kubarsi «Barselona»ning kelasi o‘yinini o‘tkazib yuboradi
U "Nyukasl"ga qarshi bahsda jarohat olgandi.
ФОТО: Getty images
"Barselona" himoyachisi Pau Kubarsi navbatdagi bahsda maydonga tusha olmaydi.
Futbolchi Chempionlar ligasining 1-turida "Nyukasl"ga (2:1) qarshi bahsda chap tizzasida noqulaylik sezgan. Natijada 18 yoshli futbolchi zaxiraga olingan.
Bugungi "Xetafe"ga qarshi bahs oldidan o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda jamoa bilan emas, o‘zi yakka holda shug‘ullangan.
Murabbiylar shtabi Kubarsini "Xetafe"ga qarshi La Liganing 5-tur uchrashuvida maydonga tushirmoqchi emas.
Garchi futbolchining tibbiy tekshiruvlarida hammasi joyida bo‘lishiga qaramay, klub u borasida tavakkalchilikka yo‘l qo‘ymoqchi emas.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist